<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Uzoqlarga olib ketar Q190</title>
<lyrics>[V1]
 // Uzoqlarga olib ketar meni muhabbat,
 Qanot yozadi qalbim oʻshal tomonga. //
 // Yurak zanjirlari uzilar besabab,
 Kimdir meni koʻtaradi baland samoga. //
 Oqqush qoʻndi boshinga, tojin berib boshimga.
 Men kutmagan keldi panohim,
 Men bilmagan keldi Rabbonim.

[V2]
 // Hayotimda yashnadi biram,jamolidan yashnadi olam. //
 // Baxtim sigʻmay ketdi ichimga,keling dedim odamlar Unga. //
 // Oqqush qoʻndi boshinga,tojin berib boshimga.
 Oq tulporda keldi panohim,
 Sevganidan mening Rabbonim. //

[V3]
 Tosh otdilar yuzlarimga, yaqinim deb yurganlarim.
 Ishonmasdan hech soʻzlarimga, rad etdilar Uning kalomin.
 // Mixlashdilar qoshimda, tikanli toj boshida.
 Jonin berdi mening panohim,
 Sevganidan mening Rabbonim. //

[V4]
 // Qora tunlar meni qamrab olmoqchi boʻldi,
 Yuragimga zanjirlarin solmoqchi boʻldi. //
 Birdan yorugʻ boʻlib goʻrlar ochilib ketdi,
 Oʻliklardan turdi panohim,
 Hech oʻlmagay mening Rabbonim.
 Oʻzi turib qoshimda,tojin berib boshimga,
 Men sen bilan dedi panohim,
 Ha tirilgan mening Rabbonim.</lyrics>
<hymn_number>190</hymn_number>
</song>